

- "Neftchi" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'zimizga bo'lgan ishonch yanada ortdi. Qolaversa, muxlislar ham bizga ko'proq ishona boshladi. Turlar orasida katta tanaffus yuzaga kelgan bo'lsa-da, biz mashg'ulotlarda qattiq ishladik. "Neftchi" bilan bo'lgan bellashuvdan keyin murabbiylar shtabi bizga qisqa muddatli tatil berdi. Oliy liganing ayrim klublaridan farqli ravishda biz bu orada o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushmadik. O'ylaymanki, bu bizga salbiy ta’sir qilgani yo'q. Aytishim mumkin, "Obod" futbolchilari hozir ajoyib formada. "So'g'diyona" jiddiy raqib, biz ularni hurmat qilamiz. Ishonamanki, uchrashuvda bizga oson bo'lmaydi va albatta ularga ham.


