Alisher Latipov: "Maqsadimiz - Pro ligaga yo'llanma olish"

Narzulla Saydullayev
25 avg 2022, 14:52
Birinchi liga ishtirokchisi "Yunired" klubi barqaror futbol namoyish etmoqda.

Asosan yoshlardan tashkil topgan jamoa ancha-muncha jamoalarga boshog'riq bo'lyapti. Xo'sh, jamoaning asosiy maqsadi qanday? Buni bilish istagida jamoa bosh murabbiyi Alisher Latipov fikrlariga quloq tutdik.

- Alisher aka, jamoa asosan qanday maqsadni qo'ygan?
- Maqsadimiz bitta. Yani, Pro ligaga yo'llanma olish hisoblanadi.

- Moliyaviy holat qanday?
- Jamoani moliyashtirish slovakiyalik klub prezidenti Shchipova Lyuciya xonim, hamda mahalliy homiylar tomonidan amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda jamoamizda hech qanday qarzdorlik mavjud emas. Barchasi vaqtida berilib kelinmoqda.

- Joriy yilgi birinchi liga bahslari sizda qanday taassurot qoldirmoqda?
- Birinchi liga bahslari juda shiddatli o'tmoqda. Hamma jamoalar maydonda jangovor o'yin ko'rsatmoqda.

- Jamoada iqtidorli yoshlar bormi?
- Ha, albatta. Iqtidorli yoshlarimiz bor, o'z ustida ishlashda davom etsa, kelajakda Pro liga yoki Superliga darajasida to'p tepa oladi. Ular ishlashda davom etishi shart.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia