Alirizo Jahonbaxsh o'zi tug'ilib o'sgan qishloqqa bordi

Xayrulla Xoliqov
10 iyul 2018, 12:58
Eronlik mashhur hujumchi Alirizo Jahonbaxsh yozgi tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida o'zi tug'ilib o'sgan qishloqqa bordi.

Ma'lumki, Jahonbaxsh o'tgan mavsumni "AZ Alkmaar" klubida o'tkazib, 21ta gol bilan Gollandiya chempionati to'purari bo'ldi. Qolaversa, JCH-2018da forslar tarkibida to'p tepdi.

Xavarshahr qishlog'iga borgan Jahonbaxsh bu yerda Matin ismli 5 yoshli bolakay bilan tanishdi hamda uning o'rtoqlari bilan qo'shilib birga futbol o'ynashdi. Futboldan keyin eronlik futbolchi bolalarga to'plar va sport kiyimlari sovg'a qildi. Bolalarning kim kuchli, Messimi yoki Ronaldumi degan savoliga Jahonbaxsh "Messi" deb javob berdi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com