Aleksis Sanches yaqin kunlarda klubini o'zgartiradi

Alisher
8 avg 2022
Yaqin kunlarda "Inter" bilan shartnomasini bekor qiladigan hujumchi Aleksis Sanches Fransiya chempionatiga yo'l oladi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, chililikning yangi ish joyi "Marsel" klubi bo'ladi.

Sanches "neradzurri" safida 2019 yilning avgustidan beri o'ynaydi. Forvard 108ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 23ta assist qayd etdi.

Uning Milan klubi bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano