Aleksis Sanches yangi klubida nechinchi raqam ostida harakat qiladi?

Alisher
3 sen 2019, 16:22
Hujumchi Aleksis Sanches yangi klubida nechinchi raqam ostida harakat qilishi ma'lum.

Aleksis yozgi transferlar oynasida MYUdan Milan klubiga o'tgan edi. U "Inter"da 2019/20 yilgi mavsum so'nggiga qadar ijara asosida to'p tepadi.

Futbolchi "Inter"da o'zining sevimli raqami, 7-raqamda harakat qiladi.

"Bu raqam hamma uchun ham emas", - deb yoziladi klub xabarida.

Bu raqamda oldinroq Filippe Koutino, Rikardu Kuarejma, Luish Figu, Robbi Kin va Xaver Zanettilar o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/inter