Aleksis Sanches: "Manchester Yunayted"ga Arturo Vidal kabi futbolchilar kerak"

Aslanov Jasurbek
9 avg 2018, 15:31
"Manchester Yunayted" forvardi Aleksis Sanches o'z klubining transfer siyosati haqida fikr bildirdi.

"Manchester Yunayted" kuchli, tajribali futbolchilarni sotib olishi kerak. Masalan, Arturo Vidalga o'xshagan. U ajoyib futbolchi, uni Chili terma jamoasi orqali yaxshi bilaman.

Vidal - "Yunayted"ga kerak futbolchining namunasi, chunki biz doimo sovrinlar uchun kurashamiz" - deydi Sanches.

"Manchester Yunayted" APLning yangi mavsumida birinchi turni "Lester"ga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv ertaga, 10 avgust kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Reuters