"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Arsenal" futbolchisi Aleksis Sanches haqidagi mish-mishlar asosga ega emasligini ma'lum qildi.
"Transferlar haqida o'ylamayapmiz. Ayni paytda, qo'l ostimdagi futbolchilardan mamnunman. "Siti"da fantastik tarkib bor. Ular barcha vazifani bajara oladilar.
Sanches? Biz unga qiziqmayapmiz. Bu umuman noto'g'ri xabar", - deydi Gvardiola.