Aleksis Sanches "Liverpul"ga qarshi bahsda maydonga tushadimi?

Aslanov Jasurbek
24 avg 2017
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Vengerning takidlashicha, "Liverpul"ga qarshi 27 avgust kuni "Enfild"da bo'lib o'tadigan APLning 3-tur bahsida "to'pchilar" hujumchisi Aleksis Sanches maydonga tushishga tayyor.

Sanches betobligi tufayli ikki hafta maydonga tusha olmadi. Oldinroq, OAVda Aleksis PSJga o'tishi mumkinligi e'lon qilingandi. Futbolchi va "Arsenal" o'rtasidagi shartnoma 2018 yilning yozida yakuniga etadi va agar London klubi uni uzaytira olmasa, chililik klubni erkin agent sifatida tark etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Squawka