Aleksandr Xomyakov: "Metallurg"ni haqqoniy g'alaba bilan tabriklayman"

Mirjalol Normatov
27 sen 2023, 22:18
Coca Cola Superligasi 20-turi doirasida “Metallurg” – “Andijon” (2:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov fikrlarini bildirdi.

"Metallurg” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bizda o'yinga qaytish uchun imkoniyatlar bo'lgandi. Ayniqsa, Xebayning bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. Shuningdek, Shahboz Erkinovda ham imkoniyat bo'ldi. 

O'yinimizni to'liq nazorat qila olmadik. Muvozanatni yo'qotdik va ikkinchi golni ham o'tkazib yubordik. Imkoniyat darajasida harakat qildik. Lekin aniqlik yetishmadi. 

Raqibimiz esa berilgan imkoniyatlardan unumli foydalandi. Shunday ekan, “Metallurg”ni haqqoniy g'alabasi bilan tabriklayman", - dedi "Andijon" bosh murabbiyi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати