Aleksandr Lobanov "Andijon"ga qarshi maydonga tushmaydi

Narzulla Saydullayev
9 avg 2019
Bekobodning "Metallurg" jamoasi ushbu turda Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi "Andijon" jamoasini qabul qiladi.

O'tgan turda Qarshining "Nasaf" jamoasiga qarshi bahsda ogohlantirilgan "Metallurg" jamoasi asosiy darvozaboni Aleksandr Lobanovning sariq kartochkalari soni to'rttaga etganligi sababli, "Andijon" jamoasiga qarshi bo'ladigan uchrashuvni o'tkazib yuborishga majbur.

Ma'lumot o'rnida shuni aytish kerakki, Aleksandr Lobanov "Paxtakor"-"Metallurg", "Navbahor"-"Metallurg", "Metallurg"-"Nasaf" va "Nasaf"-"Metallurg" uchrashuvlarida ogohlantirilgan.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Андижон” матбуот хизмати