Aleksandr Geynrix: "Zomindagi stadionga kelgan muxlislarga achinaman"

Narzulla Saydullayev
23 avg 2014, 22:44
"So'g'diyona"ga qarshi o'yindan so'ng "Lokomotiv" klubi hujumchisi Aleksandr Geynrix o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'zbekistonga qaytganimdan xursandman. "Lokomotiv"da yaxshi futbolchilar bor, tajribali murabbiy ishlamoqda, jamoa chempionlik uchun kurashayapti. Bugungi g'alaba bilan muxlislarimizni tabriklayman. Biroq bu maydonda professional futbol o'ynab bo'lmaydi. Stadionga kelgan muxlislarga achinaman, ular ko'cha futbolini tomosha qilishga majburlar", - deydi Aleksandr Geynrix.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia