Aleksandr Geynrix Toshkentda yakka tartibda shug'ullanyapti

Narzulla Saydullayev
14 fev 2015, 14:10
"Lokomotiv" bilan mavsumga tayyorgarlik ko'rish uchun Turkiyaga uchib ketgan Aleksandr Geynrix 12 fevral kuni Istanbuldan Toshkentga uchib kelgan.
Futbolchi "Lokomotiv"ni tark etishi oydinlashib bo'ldi. Toshkentga kelish oldidan Geynrix 2 kun davomida "Paxtakor" mashg'ulotlarida ishtirok etgan. Futbolchining keyingi taqdiri hozircha noma'lum.

Ma'lumot uchun, "Lokomotiv" bugun, "Paxtakor" 17 fevral kuni yurtimizga qaytib keladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia