Aleksandr Ejov: "Temur Masharipov jiddiy jarohat olgan"

Alisher
22 okt 2021
Pro liganing 22-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Yangier" (1:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Ejov o'z fikrlarini bildirdi.




"Bugun barchasi joyidadek ko'ringandi, ammo vaziyatlardan foydalana olmadik va yakunda gol o'tkazib yubordik. 

Boburbek Farhodovning kuchli jihatlari hujumda ko'proq namoyon bo'lmoqda. To'g'ri bugun u ham yaxshi o'ynay olmadi, omad yuz o'girdi. 

Temur Masharipov jiddiy jarohat oldi va operaciyani kutmoqda. Bundan tashqari Abror Xusinovda sariq kartochkalari 4taga etgani bois bugun maydonga tushmadi", - deydi Aleksandr Ejov.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia