Aleks Ivobi 2019 yil boshqa maydonga tushmaydi

“Irislar” futbolchisidan ayrildi.

“Everton”ning nigeriyalik vingeri Aleks Ivobi APL doirasida “Arsenal”ga qarshi kechgan bahsda jarohat olgandi. Ma'lum qilinishicha, futbolchi son mushaklaridan jarohat olgan. Endi uning safga qaytishi uchun kamida 2-3 hafta kerak bo'ladi. Shu tariqa Ivobi 2019 yil boshqa maydonga tusha olmaydi.

23 yoshli futbolchi joriy mavsum APL doirasida 16 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi.


Manba: Sky Sports