Aleks Fergyuson murabbiylik faoliyatini yakunlamoqda

Narzulla Saydullayev
8 may 2013
"Manchester Yunayted" ser Aleks Fergyuson murabbiylik faoliyatini yakunlashini aytib o'tdi, deb xabar bermoqda klub rasmiy tvitteri.
"Ser Aleks Fergyuson faoliyatini yakunlaydi. Rahmat, ser Aleks", - deb yoziladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, bir qator Angliya gazetalari Fergyuson "qizil iblislar" safidagi 26 yillik faoliyatini yakunlash niyatida ekanini xabar qilishgandi. Ushbu mavsumda murabbiy "MYU"ga 20-marta Angliya chempionligini olib berdi.

Angliya chempionatining 38-turidan o'rin olgan Manchester Yunayted  - Vest Bromvich uchrashuvi Aleks Fergyuson uchun murabbiylik faoliyatidagi eng so'nggisi bo'ladi.

Ushbu o'yin shotlandiyalik murabbiy uchun Manchester Yunayted boshchiligida o'tkazgan 1500-uchrashuv bo'ladi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: