Alderveyreld “Atletiko” bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi

30 avg 2013, 11:02
“Ayaks”ning markaziy yarim himoyachisi Tobi Alderveyreld, “Atletiko” bilan shaxsiy shartnoma masalasi bo'yicha kelishuvga erishdi.

Belgiya terma jamoasining 24-yoshli futbolchisi madrid klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi, deb xabar beradi De Telegraaf.

Xabarlarga ko'ra, futbolchiga ikkinchi davogan “Liverpul” klubi bo'lgan, biroq “Liverpul”ning 5.5 million evrolik taklifi “Ayaks”ni qoniqtirmagan.

Eslatib o'tamiz, avval “Spartak”, “Arsenal” va “Bayer” klublari ham Alderveyreld bilan muzokara olib borishgan.


Manba: sports.ru