Albaning fikricha, Messini yo'qotish Neymarnikidan ko'ra jiddiyroq oqibatlarga olib kelishi mumkin edi

Aslanov Jasurbek
13 sen 2017, 14:47
"Barselona" himoyachisi Xordi Alba jamoa sobiq hujumchisi Neymar haqida unutishni so'radi.

Braziliyalik joriy mavsum oldidan 222 mln. evro evaziga PSJga o'tdi.

"Neymar va jamoani tark etgan boshqa futbolchilar haqida unutish kerak. "Barselona"ni tark etganlar, jamoamizda o'ynashmaydi. Shunday ekan, ular haqida gapirishdan naf yo'q. Qolganlar muhimroq. Messi? Leo - boshqa hikoya. Agar u "Barselona"ni tark etganida, kattaroq yo'qotish bo'lardi" - deydi Alba.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es