Alba – Yevropa TOP-5 chempionatlarida birinchi o'rinda

Narzulla Saydullayev
29 okt 2017
Barselona himoyachisi Jordi Alba Ispaniya chempionatining 10-turida Atletikka qarshi o'yinda (2:0) golli pas berdi.

28 yoshli ispan bu mavsumda 5-marta golli pas berdi va Yevropaning top-5 ligada himoyachilar orasida birinchi o'ringa chiqib oldi.

Ma'lumot uchun, unining to'rtta pasidan so'ng Lionel Messi gol urgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe