Alba: "Barselona" nimanidir o'zgartirishi kerak"

Mirjalol Normatov
30 sen 2018
"Barselona" himoyachisi Jordi Alba jamoasining ketma ket uch o'yinda ochko yo'qotgani borasida fikrlarini bildirdi.

"Ketma ket uch o'yinda ochko yo'qotdik. Shunday bo'ldimi, demak nimanidir o'zgartirish kerak. Mexanizmning qaysidir joyi ishdan chiqqan. Jamoa o'yinini rivojlantirishi lozim. Ko'proq xavfli vaziyatlar yarata olamiz. Ammo hozircha yo'qotilgan ochkolarning o'rnini qoplasa bo'ladi", - dedi Alba.

"Barselona" keyingi haftada YCHL doirasida "Tottenxem"ga qarshi bahs olib boradi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana