“Al Shabab” ilk bor ochko yo'qotdi, Haydarovda 90 daqiqa

Narzulla Saydullayev
29 okt 2016
BAA Pro-ligasida 5-tur uchrashuvlari start oldi.

Terma jamoamiz yarim himoyachisi Aziz Haydarov to'p tepayotgan “Al Shabab” klubi ilk bor ochko yo'qotdi. Ketma-ket to'rtta g'alabadan so'ng dubayliklar o'z maydonlarida “Al Ahli” bilan nursiz durang o'ynashdi.  

Uchrashuvda hisob ochilmadi. Hamyurtimiz har doimgidek maydonda to'liq 90 daqiqa harakat qildi. Turnir jadvalida “Al Jazira” va “Al Shabab” 13tadan ochko jamg'arib, qo'shhokimlik o'rnatishgan. Bitta o'yin kam o'tkazgan “Al Ahli” 10 ochko bilan 4-o'rinni band etgan.


BAA chempionati. Musobaqa jadvali

"Al Shabab" - "Al Ahli" 0:0


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com