"Al Shabab" Haydarovni o'rniga Edierni ro'yxatdan o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2014, 14:00
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz Haydarov jarohat sabab ma'lum muddatga safdan chiqdi.
"Al Xolij Tayms" nashrining xabariga ko'ra, "Al Shabab" klubi jarohat olgan Haydarovni o'rniga braziliyalik Edierni zayavka qiladi.

Unda Falastin fuqaroligi bor, shu bois Edier osiyolik futbolchi tarzida ro'yxatdan o'tkaziladi.

Aziz Haydarov qancha muddatga safdan chiqqani haqida aniq ma'lumot yo'q. Hamyurtimiz BAA pro ligasining 13ta turida 11 marta maydonga tushdi va uchta gol urdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia