“Al Nassr” Ronaldu haqidagi xabarni rad etib, bayonot berdi

Eldor Akmurzayev
11 yanv 2023, 08:15
Krishtianu Ronaldu 2030 yilgi mundial uchun Saudiya Arabistoni elchisi bo'lmaydi.

Avvalroq, “Al Nassr” forvardi JCH-2030 uchun S.Arabistoni elchisiga aylanishidan 200 mln evro ishlab olishi xabar qilingandi. Biroq, riyodliklar buni rad etib, portugaliyalikning shartnomasida JCH uchun hech qanday majburiyatlar yuklatilmaganiga oydinlik kiritdi.

“Uning (Ronaldu) asosiy e'tibori “Al Nassr”ga qaratilgan va jamoadoshlari birgalikda klubning muvaffaqiyat qozonishi uchun ko'maklashadi”, deyiladi klub bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/AlNassrFC_EN