

Osiyo qitasi vakili Krishtianu Ronalduni qo'lga kiritganidan buyon bir qator yulduzlarga og'iz solib ko'rdi. "Al Nassr"ning ayni paytdagi eng asosiy nishonlaridan biri yozda erkin agentga aylanadigan tajribali yarim himoyachi Serxio Busketsdir. Ispaniyalik futbolchi hozircha kelajagi borasida yakuniy qarorga kelgani yo'q. U bilan bog'liq yangiliklarning mazmuni turlicha yangramoqda.
Hozirda 34 yoshli futbolchining e'tiborini MLS vakili "Inter Mayami" tortayotgani xabar qilindi.
Kataloniya klubi bilan ushbu mavsum so'ngida shartnomasi yakun topadigan futbolchi Ispaniyada yana bir yilga qolishga qaror berish varianti ham yo'q emas.



