"Al Hilol" Verrattini xarid qilishga yaqin

Sherzod Nurmatov
27 iyul 2023, 10:39
Saudiya Arabistoni jamoasi PSJ futbolchisini sotib olmoqda, faqat bu Kilian Mbappe emas.

Taniqli insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Al Hilol"ning Marko Verratti transferi bo'yicha PSJ bilan muzokaralari ilg'or bosqichda. Arab klubi italiyalik yarim himoyachiga yuqori maosh bilan 3 yillik shartnoma taklif qilmoqda. PSJ 30 yoshli futbolchini 70 mln evroga sotishga tayyor.

Marko Verratti Parij klubida 11 yil o'ynadi. Bu vaqt ichida u 416 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi, 61 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 9 karra Fransiya chempioni bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, "Al Hilol" Kilian Mbappeni ham o'z safiga qo'shib olmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano