"Al Hilol" Ramos uchun yiliga 30 million evro taklif qilmoqda. Taklif miqdori 50 millionga yetishi mumkin

Оқил Абдубарноев
30 mar 2023, 23:44
Serxio Ramos Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tgan taqdirda yiliga 30 million evro ishlab olishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, 30 mln evro "Al Hilol"ning boshlang'ich taklifi hisoblanadi. Aytishlaricha, bu summa 50 milliongacha oshishi mumkin.

Ayni damda ispaniyalik futbolchi PSJda soliqlardan tashqari yiliga 10 million evrodan kamroq maosh oladi. Parijliklar yangi shartnoma bo'yicha muzokara chog'ida futbolchining maoshini kamaytirishga harakat qilmoqda.

Joriy mavsum Ramos Liga 1 doirasida 24 ta o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Cadena SER