"Al Hilol" "Lacio" bilan 40 mln. evrolik transfer borasida kelishib oldi

Aslanov Jasurbek
11 iyul 2023
"Al Hilol" "Lacio" bilan Sergey Milinkovich-Savich transferi borasida kelishuvga erishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Saudiya Arabistoni klubi 28 yoshli yarim himoyachini 40 mln. evroga sotib olish bo'yicha rimliklar bilan kelishib bo'lgan.

Endi "Al Hilol" transfer borasida rasmiy taklif yuborsa bas. Saudiya klubi ayni damda futbolchi bilan uning maoshi borasida muzokaralar o'tkazmoqda.

Oldinroq, futbolchi "Al Hilol"da yiliga 20 mln. evro ishlab topishi aytilgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano