"Al Hilol" APL yulduzini tekinga o'z safiga qo'shib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2025, 13:11
Saudiya Arabistoninig "Al Hilol" klubi Muhammad Saloh bilan shartnoma imzolamoqchi.

Agar 32 yoshli forvard "Liverpul" bilan yangi bitimga imzo chekmasa yozda erkin agentga aylanadi.

"Al Hilol" Salohni erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olmoqchi va bu borada jiddiy taklif tayyorlayapti. Klub Misr terma jamoasi hujumchisiga 2028 yilgacha mo'ljallangan bitim bilan murojaat qilmoqchi.

Muhammad Saloh joriy mavsum APLning 21ta o'yinida 18ta gol urib, 13ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/NicoSchira