"Al Fayha" bosh murabbiyi: "OCHLdagi maqsadimiz aniq - keyingi bosqichga yo'l olish"

Omonjon To`xtamirzayev
4 okt 2023, 10:12
Osiyo Chempionlar ligasining 2-turidan o'rin olgan "Al Fayha" - "Paxtakor" (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida "Al Fayha" bosh murabbiyi Vuk Rasovich ishtirok etdi.

"G'alaba bilan shogirdlarimni tabriklayman. Biz katta kuch sarflagan holda o'z maqsadimizga erishdik. Kuchli raqibga qarshi maydonga tushganimizga qaramay, g'alaba qozondik va bundan xursandman. Osiyo Chempionlar ligasidagi dastlabki uch ochkoni qo'lga kiritdik. Turnirdagi maqsadimiz aniq - keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritish. Bunga erishish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz", - dedi serbiyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia