Al Arabi - OKMK. Olmaliq klubi safida yana bir yo'qotish

Narzulla Saydullayev
21 avg 2023, 13:00
Xabaringiz bor, OKMK ertaga OCHL pley-off saralash bosqichi doirasida Qatarning Al Arabi jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ushbu uchrashuvdan oldin OKMKda 2ta jiddiy yo'qotish bor.

OCHL dastlabki saralash bosqichi Al Sibga qarshi uchrashuvda maydondan chetlatilgan Martin Boake ertangi o'yinni diskvalifikaciya sabab o'tkazib yuboradi.

Ikkinchi yo'qotish Dilshodbek Ahmadaliev. Mashg'ulotlardan birida jarohatlangan Ahmadaliev ertangi bahsda ishtirok etishi katta so'roq ostida, - deb yozadi OKMK matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, Al Arabi - OKMK uchrashuvi ertaga, 22 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadi. Ushbu bahs g'olibi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga yo'llanma oladi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia