Elit OCHL. "Al Ahli" finalda "Kavasaki Frontale"ni mag'lub etib, chempionlikka erishdi!

Alisher Ostonov
3 may 2025
Elit OCHL finali doirasidagi "Al Ahli" - "Kavasaki Frontale" o'yini bo'lib o'tmoqda.

Saudiyaliklarning gollariga Galeno (35) va Frank Kesse (42) mualliflik qildi. Qayd etish kerakki, har ikkala golga Roberto Firmino assistentlik qildi.

Shu tariqa, Jidda jamoasi Elit Osiyo Chempionlar ligasida g'olib chiqdi.

Eslatib o'tamiz, "Al Ahli" yarim finalda "Al Hilol"ni, "Kavasaki Frontale" esa "Al Nassr"ni mag'lub etgandi.







Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia