Akram Bahriddinov: "Ijobiy natijaga erishish niyatidamiz"

Narzulla Saydullayev
29 may 2016, 13:13
Bugun Buxoroda 10-turdan o'rin olgan "Buxoro" - "Navbahor" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi.

O'yindan oldin "Navbahor" yarim himoyachisi Akram Bahriddinov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi: - Buxoroda oson bo'lmasligi barchaga ma'lum. Negaki, buxoroliklar so'nggi o'yinlarda yaxshi natijalarni qayd etishmoqda. "Paxtakor" jamoasini ikki bor mag'lubiyatga uchratish orqali ko'tarinki kayfiyatni xumkronlik qilishiga sababchi bo'lishdi. O'z navbatida jamoamizni ham yomon holatda deb bo'lmaydi. Yani yaxshi formadamiz. Ko'hna shaharga faqat g'alaba ilinjida kelganmiz. Bundan boshqacha bo'lishi ham mumkin emas. Har holda uzoq yo'l bosib, shunchaki sayohat uchun kelganimiz yo'q. Xudo xohlasa, ijobiy natijaga erishgan holda Namanganga qaytishni niyat qilganmiz. Shu bilan birgalikda muxlislarimizni xursand qilishni oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz, - deydi futbolchi.

"Navbahor" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia