Akobirxo'ja Shukurullaev - avgust oyining eng yaxshi hakami. Kuchli uchlikda yana kimlar bor?
Omonjon To`xtamirzayev
6 sen 2023, 12:10
Coca Cola Superliga avgust oyi uchrashuvlarida ishlagan hakamlar orasidan eng yaxshisini aniqlash borasida o'tkazilgan so'rovnoma o'z nihoyasiga etdi.
Ovoz berish yakunlariga ko'ra, Akobirxo'ja Shukurullaev avgust oyining eng yaxshi hakami, deb topildi. Demak, o'tgan oyning eng yaxshi hakamlari ketma-ketligi bilan tanishing:
1. Akobirxo'ja Shukurullaev 2. Aziz Asimov 3. Asker Najafaliev