Akmal Risqullaev xotira turniri start oldi

Narzulla Saydullayev
9 may 2019, 16:36
9 may - Xotira va qadrlash kuni!

Shu munosabat bilan Bunyodkor futbol klubi taniqli futbolchi, o'z vaqtida oliy liganing bir qator jamoalarida to'p surgan, qolaversa Qozog'istonda ham legioner sifatida faoliyat ko'rsatgan, butsasini mixga ilganidan so'ng Bunyodkor akademiyasida murabbiy bo'lib ishlagan marhum Akmal Risqullaevning xotirasi uchun kichik turnir o'tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Bu tashabbusga marhumning yaqinlari, oila a'zolari, xususan, Akmal Risqullaevning ukasi Ahrol Risqullaev hayrixohlik bildirdi.

8ta jamoa ishtirokidagi turnir bugun start oldi. Ishtirokchilar ikki guruhga ajratilgan. 2006 yilda tug'ilgan bolalardan iborat jamoalar 13 mayga qadar davom etadigan musobaqada g'oliblik uchun kurash olib boradi. Uchrashuvlar Bunyodkor akademiyasining sun'iy va tabiiy qoplamali maydonlarida bo'lib o'tmoqda. Ertaga guruh bosqichining 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

AKMAL RISQULLAEV XOTIRA TURNIRI
A guruhi
9 may (payshanba)

Paxtakor - Yangier - 1:3
Spartak - TFA – 3:1

10 may (juma)

11:00 Paxtakor - TFA
11:00 Yangier - Spartak

B guruhi
9 may (payshanba
)
Bunyodkor - Odil junior - 0:1
Lokomotiv - BO'SM-16 – 1:4

10 may (juma)
09:30 Bunyodkor - BO'SM-16
09:30 Odil junior - Lokomotiv



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com