Akbar Ismatullaev: "Al Hilol"ga qarshi o'yinda yo'qotgan ochkolarimiz bizga qimmatga tushdi"

Aziz Tukhtamuradov
4 may 2016, 14:12
"Paxtakor" futbolchisi Akbar Ismatullaev "Al Jazira"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin biz kutgandek o'tdi. O'zimizga kerakli g'alabani qo'lga kiritdik. Lekin, taqdirimiz boshqa o'yinga ham bog'liq edi. Afsuski, guruhdan chiqa olmadik.

O'z maydonimizda "Al Hilol"ga qarshi bo'lgan o'yinda 2 ochko qo'ldan chiqarilgandi. Fikrimcha, o'sha yo'qotilgan ochkolar bizga qimmatga tushdi.

Endi bor e'tiborimizni O'zbekiston chempionati va Kubogiga qaratamiz va o'z o'rnimizni qaytib olamiz", - deydi Akbar Ismatullaev.


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia