Akaki Shulaya o'ziga yangi jamoa topdi

Khoja
19 yanv 2026, 08:42
"Lokomotiv" va "Qizilqum" sobiq futbolchisi Akaki Shulaya o'ziga yangi jamoa topdi.

Yarim himoyachi Qirg'iziston oliy ligasi debyutanti "Aziya" jamoasi bilan kelishuvga erishgan. Bu haqida Geo Goal nashri xabar bermoqda. Gruziyalik futbolchi yangi jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzolaydi.

29 yoshli futbolchi O'zbekiston jamoalari safida jami 58 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 15 ta gol va 18 ta assist bor.

Ma'lumot o'rnida, "Aziya" jamoasini bugungi kunda o'zbekistonlik mutaxassis Maksim Shackix boshqarib bormoqda. 

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Geo Goal