
"Birinchi kunni o'zidayoq shu narsaga amin bo'ldimki, bu yerda yaxshi muhit hukmron. Murabbiy bilan ham gaplashib oldik. Yigitlar bilan ham tezda til topishib ketaman deb o'ylayman. Jamoa yangi mavsumda Evro Ligada qatnashadi. Buning uchun jiddiy tayyorgarlik ko'rishimiz kerak", - deydi Odil Ahmedov klub saytiga bergan intervyusida.