Aguero "Liverpul"ga qarshi "Manchester Siti" safidagi 250-bahsini o'tkazyapti

10 noya 2019, 23:06
Mazkur bahs argentinalik futbolchi uchun yubiley uchrashuv hisoblanadi.

Ayni daqiqalarda APL 12-turi doirasida "Liverpul" klubiga qarshi o'ynayotgan Serxio Aguero Angliya chempionatidagi 250-uchrashuvini o'tkazmoqda. Argentinalik hujumchiga qadar "shaharliklar" safida mazkur ko'rsatkichga faqat 3 kishi erishgandi: Jo Xart, David Silva hamda Vensan Kompani.

Eslatib o'tamiz, Aguero "Manchester Siti" klubi sharafini 2011 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Manba: OptaJoe