AGMK - "So'g'diyona" o'zaro o'yinlar tarixidan

Narzulla Saydullayev
3 may 2018
Superliganing 10-turida "So'g'diyona" safarda AGMKga qarshi bahs olib boradi. E'tiboringizga o'zaro uchrashuvlar statistikasini havola etamiz.

Superliga-2018, 10-tur
5 may, shanba
Olmaliq shaxri . “AGMK” stadioni. 18:30
AGMK – “So'g'diyona”
Hakamlar:
H.Ro'ziev (Toshkent), B.Kannazarov  (Nukus), J.Sarsenov (Nukus), SH.Rajabov (Buxoro).
Nazoratchi – I.Nexochin (Namangan).
Komissar – R.Chernikov.

AGMK  hamda “So'g'diyona”  klublari oliy ligada shu kungacha 16  bor kuch sinashishgan.AGMK hisobida 6 ta, “So'g'diyona” hisobida ham 6 ta g'alaba mavjud. 4 o'yinda  durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik AGMK  tomonida: 30:26. AGMK 22, “So'g'diyona”  ham o'zaro o'yinlarda 22 ochkoni qo'lga kiritgan.

AGMK ning eng yirik g'alabasi 4:1, “So'g'diyona”ning eng yirik muvaffaqiyati esa 5:2.

AGMK maydonida o'tgan barcha  uchrashuvlar:

19.08.2017 AGMK – So'g'diyona 2:1
01.10.2016 AGMK – So'g'diyona 0:1
18.06.2015 AGMK – So'g'diyona 3:1
23.03.2014 AGMK – So'g'diyona 4:2
04.07.2013 AGMK – So'g'diyona 4:1
02.04.2011 AGMK – So'g'diyona 2:2
30.10.2009 AGMK – So'g'diyona 3:0
18.06.2008 AGMK – So'g'diyona 3:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Olmaliqdagi  8 ta o'yindan 1 tasida “So'g'diyona”, 6 tasida AGMK  g'alaba qozongan. 1 ta o'yinda durang natijasi qayd etilgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати