Agentning so'zlariga ko'ra, PSJ Neymarga mehmonxonalar tarmog'ini vada qilgan

Aslanov Jasurbek
14 sen 2016, 14:16
"Barselona" hujumchisi Neymarning agenti Vagner Ribeyroning so'zlariga ko'ra, PSJ o'tgan mavsum yakunidan so'ng braziliyalikka hayratlanarli taklif yuborgan.

"Biz PSJ prezidenti Nosir Al-Helayfi bilan ikki soat suhbatlashdik. Al-Helayfi Neymarga PSJda soliq idoralariga bog'liq hech qanday muammo bo'lmasligini va u jahonda birinchi raqam bo'lishini aytdi. Neymar bunga "Barselona"da erisha olmayapti. Men mijozimga parijliklar hayratlanarli shartnoma taklif qilayotganini va u jahonning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi mumkinligini aytdim. U PSJga o'tishini istagandim, ammo Neymar "Barselona"da qoldi" - deydi Ribeyro.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN