Agent: "Ueska" bilan o'yinga qaramasdan, Montoyya "Barselona"ni tark etmoqchi"

Aslanov Jasurbek
18 dek 2014, 14:19
"Barselona" himoyachisi Martin Montoyya qishki transfer oynasida jamoani tark etmoqchi.

Bu haqda uning agenti Xuan de Dios Karrasko ma'lum qildi.

"Montoyyaning "Ueska" bilan o'yindagi ishtirok hech narsani o'zgartirmaydi. U hozir ham oldingi vaziyatda bo'lib turibdi. Montoyya va Luis Enrike orasida hech qachon muammo bo'lmagan. Qarorni murabbiy qabul qiladi. Unga qarshi chiqib bo'lmaydi" - deydi Karrasko.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com