Agent: "Montolivoga "Arsenal", "Borussiya" va "Atletiko" da'vogarlik qilmoqda

Tolibjon Qosimov
10 mar 2014, 19:08
"Milan" yarim himoyachisi Rikardo Montolivoning agenti Jovanni Branchinining ma'lum qilishicha, uning mijozi yozda boshqa jamoaga o'tadi.
- "Milan" hozir murakkab davrni boshidan o'tkazmoqda. Lekin, Montolivo sport formasini ushlab turibdi va u jamoada baxtli. Uning "rossonerlar" bilan tuzgan shartnomasi 2016 yilda nihoyasiga etadi, hozircha biz uni uzaytirmadik. Ayni paytda, "Arsenal", "Atletiko" va Dordmundning "Borussiya" klubi vakillari men bilan a'loqaga chiqishdi", - deya agentning so'zlarini keltirmoqda IB Times.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net