Agent: "Ibragimovich bu aqli bilan milliarder bo'lib ketadi"

Aziz Tukhtamuradov
25 mar 2018, 21:52
"Los-Anjeles Gelaksi" jamoasi futbolchisi Zlatan Ibragimovichning agenti Mino Rayola mijozining aqliy qobiliyatlari haqida gapirib o'tdi.

"Ibragimovich aqlli va boy futbolchi. U milliard funt ishlab topishga ham qodir. Zlatan akciyalar bozorida aql bilan va faol ish qiladi. U o'yinlar biznesi, texnologiya va brilliantlarga sarmoya kirg'izadi. U akciya sotish orqali katta pul ishlab topmoqda. Buni ko'pchilik bilmaydi", - dedi Mino Rayola.

"Forbes" jurnali ma'lumotlariga ko'ra, Zlatanning ayni paytdagi boyligi 22,6 million funtni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Goal