Agent: "Bavariya" Shakirini "Napoli"ga ijaraga bermaydi"

Aslanov Jasurbek
25 noya 2014, 15:20
"Bavariya" yarim himoyachisi Shyerdan Shakirining agenti Uliss Savinining takidlashicha, uning mijozi faoliyatini "Napoli"da davom ettirsa yaxshi bo'lar edi.

"Men Shakiri borasida "Napoli" va boshqa Italiya klublari bilan suhbatlashdim. Ammo Shakiri "Bavariya"ni tark etadi deb o'ylamayman va nemis grandi uni ijaraga ham bermaydi. Italiya klubida menga na ijobiy va na salbiy javob berishdi, ammo ularning so'zlariga ko'ra, Shakiri neapolliklar ro'yxatida" - deydi Savini.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com