Agar ikki shart bajarilsa, "Arsenal" Aleksisni qo'yib yuboradi

Aslanov Jasurbek
12 yanv 2018, 13:51
"Arsenal" rahbariyati jamoa hujumchisi Aleksis Sanchesni ikki shart bajarilganida qo'yib yuborishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, agar klubga munosib taklif berilsa va uning o'rniga forvard topilsa chililik "to'pchilar" safini tark etishi mumkin.

Oldinroq, londonliklar 29 yoshli futbolchini "Bordo"dagi Malkom bilan almashtirmoqchi ekanligi aytilgan edi. Fransiya klubi braziliyalik futbolchini 50 mln. evroga baholamoqda.

Sanchesga to'xtaladigan bo'lsak, unga "Manchester Siti" da'vogarlik qilmoqda. Agar chililik "shaharliklar" futbolchisiga aylansa, uning yangi jamoasidagi haftalik maoshi 250 ming funt bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC