Agar Barselona YCHL-2015 finaliga chiqsa Messi, Neymar va Suares maydonga tushmaydi

Narzulla Saydullayev
28 iyul 2014, 07:37
Barselonaning janubiy amerikalik futbolchilari YCHL-2014/15 finalida ishtirok etmaslikari mumkin.
2015 yil 28 may kuni Lionel Messi, Xaver Maskerano, Neymar, Daniel Alves va Klaudio Bravo kabi futbolchilar Amerika kubogida ishtirok etish uchun o'z terma jamoalari ixtiyoriga yetib borishlari kerak. Musobaqa keyingi yilning 11 iyun kuni Chilida boshlanadi, deb xabar bermoqda El Mundo Deportivo nashri.

Agar CAS Luis Suaresning diskvalifikaciyasini qisqartirsa u ham Urugvay terma jamoasi safida Amerika kubogida qatnashadi.

Eslatib o'tamiz, YCHL-2015 finali Berlinda 6 iyun kuni, Ispaniya kubogi finali esa – 30 may kuni bo'lib o'tadi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru