Adebayor: "Arsenal" muxlislari kaminaga xushtak chalishdi, men esa javob tariqasida kulib qo'ydim"

Aslanov Jasurbek
19 apr 2016, 13:45
"Kristal Pelas" hujumchisi Emmanuel Adebayor "Arsenal"ga qarshi bo'lib o'tgan APLning 34-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Arsenal"ni tark etganimdan so'ng ilk marotaba "Emireyts"da o'ynaganim yo'q. Zaxiradan o'yinga tushish uchun chigalyozdi mashqlarni bajarayotganimda muxlislar kaminaga xushtak chalishdi, men esa javob tariqasida kulib qo'ydim. Bunga o'rganib qoldim deya olmayman, chunki bunday holatga o'rganish qiyin. Ammo bu kulgili bo'ldi. Ob-havo yaxshi, uchrashuv uyimning yonginasida bo'ldi - bundan mamnunman. Yomon ko'ruvchilarni unutishim kerak" - deydi Adebayor.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports