Adam Lallana “Brayton”ga o'tdi

28 iyul 2020, 00:31
“Brayton” klubi rasmiy sayti jamoa yarim himoyachi Adam Lallana bilan shartnoma imzolanganligini e'lon qildi.

32 yoshli xavbekning klubi bilan kelishuvi uch yil amalda bo'ladi. Lallana “Brayton”da 14-raqam ostida to'p tepadi.

“Lallananing mahoratiga hech qanday shubhamiz yo'q. U har doim yuksak saviyada o'yin namoyish etgan va yuksak natijalarga erishgan. Adam – tajribali futbochli. Bu biz uchun juda yaxshi transfer. Uning jamoamiz libosida maydonga tushishini sabrsizlik bilan kutamiz”, deya ta'kidlab o'tdi “Brayton” ustogi Grem Potter.

Lallana shu paytgacha “Liverpul” sharafini himoya qilib kelgan. Xavbek 2014 yilning yozida 31 million evro evaziga “Sautgempton”dan “Liverpul”ga ko'chib o'tgandi. “Qizillar” safida u 178 uchrashuvd maydonga tushib, 22 ta gol urgan va 22 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Брайтон" клуби расмий сайти