Abubakr Mo'ydinov: "Dinamo" yarim finalga tasodifan chiqib qolmadi. "Nasaf" bilan jang bo'ladi"

Sherzod Nurmatov
18 okt 2023, 17:50
Bu yil O'zbekiston Kubogida Pro ligadan faqat "Dinamo" yarim finalgacha yetib keldi.

Vadim Abramov jamoasi ertaga final yo'llanmasi uchun Qarshida "Nasaf" bilan to'qnash keladi. Mazkur uchrashuv oldidan "Dinamo" futbolchisi Abubakr Mo'ydinov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"O'yinga barchamiz tayyormiz. Xudo xohlasa, ertaga faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Yarim finalgacha yetib kelganimizni tasodif demagan bo'lardim. Bizga o'yinni qayerda bo'lishining farqi yo'q. Maqsad – faqat g'alaba. Finalgacha bir qadam qoldi. Yigitlar o'yin mas'uliyatini his qilib turibdi. Ertaga faqat jang bo'ladi, chunki yarim final bitta o'yindan iborat. Ortga yo'l yo'q", – deydi Abubakr Mo'ydinov.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

"Nasaf" – "Dinamo" uchrashuvi ertaga 18:00 da start oladi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia