Abraxam “Chelsi” bilan shartnomani avtomatik uzaytirish shartlarini bajardi

Eldor Akmurzayev
11 iyul 2020, 19:50
22 yoshli futbolchi “londonliklar” safida shartnomada belgilangan miqdordadagi o'yinlarni o'tkazgani va gollarni urgani sabab bu amalga oshgan.

Shu tariqa, Temmi bilan kelishuv avtomatik tarzda 2023 yilgacha uzaytirildi. Shunga qaramay, rahbariyat ingliz forvardiga uzoq muddatli kelishuvni taklif qilishni rejalashtirmoqda.

22 yoshli hujumchi joriy mavsum APLda 30 bahsda qatnashdi va 14+5 natija ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Telegraph