Abramov "Astana" bilan Yevropa ligasi saralashida ishtirok etadi

Narzulla Saydullayev
28 noya 2013, 18:23
Bugun o'zbekistonlik murabbiy Vadim Abramov Qozog'istonning "Astana" klubi bilan shartnoma tuzgani haqida xabar berdik.
Ushbu klub bu yilgi mavsumda Qozog'istonda "Aktobe"dan keyin ikkinchi o'rinni band etdi.

Abramov va "Astana" Yevropa ligasi-2014/15 saralashi dastlabki bosqichidan boshlab ishtirok etadi.

Klub bu yil ham ushbu bosqichda ishtirok etib Bolgariyaning "Botev" klubiga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.

"Astana" safida Nenad Erich (Serbiya), Foksi Ketevoama (MAR), Patrik Tvumasi (Gana), Igor Tigirlash (Moldova), Filip Ivanovski (Makedoniya), Damir Kojashevich va Blajko Igumanovich (Chernogoriya) kabi legionerlar o'ynaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia